Anchelotti: "Real" mag'lubiyatga loyiq emasdi"

Aziz Tukhtamuradov
3 mar 2023, 09:35
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelootti "Barselona"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (0:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Natija juda yomon, chunki biz mag'lubiyatga loyiq emasdik. Chunki yaxshi, intensiv o'ynadik, "Barselona"ga o'zi istaganidek o'ynashga yo'l bermadik. Raqib chuqur himoyalandi, biz esa yuqori bosim uyushtirdik. Bu tomonlama o'yin yaxshi o'tdi. Ammo bizga yakuniy vaziyatlarda omad yetishmadi, vaziyatlar yaratish qiyin bo'ldi. "Barselona"da juda kuchli himoya bor. Biz ko'p marotaba oldinga bordik, ammo gol urolmadik. 

Bu o'yin javob bahsi oldidan ishonch bag'ishlaydi. Agar biz shunday o'ynay olsak, imkoniyat bo'ladi. Biz mag'lubiyatga loyiq emasdik", - dedi Anchelotti. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca