Anchelotti: "Real" engib bo'lmasdek tuyiladigan "Manchester Siti"ni to'xtatishi kerak"

Aslanov Jasurbek
9 may 2023, 01:20
Karlo Anchelotti Erling Xolandning "Manchester Siti" o'yiniga ko'rsatayotgan ta’siri haqida gapirdi.

"Xoland - juda xavfli futbolchi. Gap faqat uning gollaridan emas, balki u yaratadigan xavfda.

"Siti" himoya va hujumda juda yaxshi harakat qiladigan jamoa. Ular qanday o'yin namoyish qilish keraklgini yaxshi bilishadi. Shunday ekan, gap faqat Xolandni emas, engib bo'lmasdek tuyiladigan jamoani to'xtatish haqida ketmoqda. Ammo bizda vaziyatlar bo'lishi aniq.

O'tgan mavsum "Manchester Siti" juda xavfli edi, biroq Xoland bu jamoaga bir nimalar qo'shdi.

To'qnashuv natijasi javob o'yinida aniq bo'ladi va biz Manchesterga yaxshi hisob bilan yetib bormoqchimiz" - deydi "Real" bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: mancity.com