Anchelotti: “Muxlislar hushtaklari bilan bizni uyg'otgani yaxshi bo'ldi”

Eldor Akmurzayev
4 noya 2021, 09:05
Chempionlar Ligasi 4-turidan o'rin olgan “Real” – “Shaxtyor” (2:1) uchrashuvidan keyin Karlo Anchelotti o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Birinchi va ikkinchi bo'limni yaxshi boshladik, ammo etarlicha agressiv o'ynolmadik. Uchrashuvni nazorat qildik, lekin vaziyatlar yarata olmadik. Raqiblar himoyamiz ortida to'p bilan yaxshi o'ynashga harakat qilishdi va yakunda gol urishdi.

Shu tufayli ikkinchi taymda hujumni kuchaytirdik. Muxlislar “Real”dan norozi bo'lganini tushunaman. Ularning hushtaklari bizni uyg'otgani yaxshi bo'ldi.

Vinisius? Ajoyib o'yinchi. Junior to'pni egalladi va birinchi golni tashkillashtirdi, ikkinchisida esa ajoyib kombinaciyada qatnashdi”, deydi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA