Anchelotti JCH-2022 favoritlarini aytdi

Mirjalol Normatov
14 avg 2022, 19:11
"Real" bosh murabbiyi Qatarda bo'ladigan JCH-2022 favoritlarini aytdi.

"Braziliya va Fransiyada eng kuchli terma bor. Navbatdagi nomzod - Argentina. Leonel Skaloni jamoasi top-darajaga chiqdi, tarkibida Messi o'ynamoqda. Menimcha, Ispaniyani o'yindan chiqarib bo'lmaydi. Angliya va Germaniya termalari ham kamida yarim final uchun kurashadi. Biroq ular hali ham progress jarayonida", - dedi Anchelotti.

Qatardagi JCH shu yilning 20 noyabridan 18 dekabriga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal