

- "Bavariya"da ishlayotganimdan benihoyat xursandman. Bu yerda menga juda katta hurmat ko'rsatishadi. Qo'l ostimda ajoyib jamoa yig'ilgan. Men hali nemis tilini to'liq o'rganganim yo'q. Nemis tilini o'rganish uchun haftasiga 3 soat shug'ullanyapman. Mashg'ulotlarni asosan nemis tilida o'tkazishga harakat qilyapman. Bazida ingliz hamda italyancha gapirib turibman. Bu yerda hammasi juda zo'r. Mashg'ulotlar ko'tarinki ruhda o'tmoqda. Futbolchilar bilan erkin muloqot qilamiz, hazillashib turamiz. Bu ajoyib muhit shakllanishiga katta rol o'ynaydi. Men futbolchilarga latifalar aytib beryapman, ular bilan zerikish yo'q.
Havotirga o'rin yo'q, "Bavariya" futbolchilari qachon hazillashishni, qayerda esa jiddiy bo'lishni juda yaxshi bilishadi.
"Bavariya" quvnoq, ajoyib futbolchilarga ega ulkan klub.


