Anchelotti Endrik nima uchun kam o'ynayotganini tushuntirdi

Omonjon To`xtamirzayev
1 apr 2025, 19:35
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 18 yoshli forvard Endrik nima sababdan cheklangan o'yin amaliyotiga ega bo'layotganiga izoh berdi.

"U hech nimadan xavotir olmayapti – u baxtli, yaxshi ishlamoqda va imkoni bo'lganda unga o'yin amaliyoti beraman. Ushbu imkoniyatlaridan u doim foydalanadi va hozirda u xotirjamligini ko'ryapman. Kubokda ("Sosedad"ga qarshi - tahrir.) u yana maydonga tushadi, sababi ushbu musobaqa Endrik o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi. Buni, albatta, inobatga olaman. Vaziyatga ko'plab faktorlar ta’sir qiladi. O'yin amaliyoti esa ayniqsa raqobatga borib taqaladi, tarkibimizda dunyoning eng kuchli futbolchilari bor".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca