Anchelotti bo'lajak “El Klasiko” oldidan: “Ustunlik biz tomonda bo'lishi mumkin, ammo …”

Eldor Akmurzayev
9 yanv 2022, 08:50
Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida “Barselona”ga qarshi bahs oldidan “Real” ustozi Karlo Anchelotti o'z fikrlarini aytdi.

“Barselona? Ular doimo “Real” uchun raqib hisoblanadi, mana shuning uchun bu to'qnashuv “klasiko” nomini olgan. “Klasiko” doimo “klasiko”dek o'tadi. Ehtimol, ustunlik biz tomonda bo'lar, ammo boshqa jihat ham bor. O'yin 0:0 hisobi bilan boshlanadi va ikkala jamoa ham imkoniyat bo'ladi”, deydi Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, bo'lajak “El Klasiko” 12 yanvar kuni S.Arabistonining Riyod shahridagi “Qirol Faxd” stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca