Anchelotti: "Benzema men tufayli penaltidan foydalana olmadi"

Оқил Абдубарноев
25 yanv 2022, 22:08
Dam olish kunlari Karim Benzema ilk marta Ispaniya chempionati o'yinida penaltini aniq amalga oshira olmadi.

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti fransiyalik hujumchining amalga oshira olmagan penaltisi haqida fikr bildirdi.

"Benzema mening aybim tufayli penaltini noaniq ijro etdi. Men unga raqiblar uning jarima zarbalarini tahlil qilishayotganini va u yo'nalishini o'zgarishi kerakligini aytdim. U gapimga quloq soldi va nishonni noaniq mo'ljalga oldi. Men jim turishim kerak edi", - dedi Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, La Liga doirasida "Elche"ga qarshi o'yinda Karim Benzema jarohati sabab almashtirilgandi.

"Real Madrid" "Elche" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: DIRECTV Sports