Anchelotti ayblovga javob berishi kerak

“Everton” jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotta APL 28-turi doirasida “Manchester Yunayted”ga (1:1) qarshi bahsdagi hatti harakatlari uchun Angliya futbol assotsiatsiyaga (AFA) tushuntirish berishiga to'g'ri keladi.

Eslatib o'tamiz, Anchelotti kecha bo'lib o'tgan bellashuvning so'nggi daqiqasida “Everton” futbolchilari tomonidan kiritilgan gol inobatga olinmagach, bosh hakam Kris Kavan bilan tortishib qoldi va hakam uni maydondan chetlatdi. Mutaxassis o'sha vaziyatda maydonga tushib keldi va hakamga o'z etirozlarini namoyishkorona “izhor” etdi.

5 martga qadar Anchelotti AFAning ayblovlariga javob berishi kerak bo'ladi.

“Everton” APL turnir jadvalida 28 uchrashuvdan 37 ochko jamg'arib, 11-pog'onada bormoqda.


Manba: The FA