

81-daqiqada hisob 1:1 bo'layotgan vaqtda madridliklar a'zosi Marko Asensioning goli VAR qaroridan keyin bekor qilindi va u o'yindan tashqari holatda deb topildi.
“Biz hali hamon ofsayd borligiga shubhalanmoqdamiz. 100 foizga ishonch yo'q. Madridga shubha bilan qaytmoqdamiz.
Rostini aytsam, mag'lubiyatga loyiq emasdik. 2022 yilgi JCHda ofsaydlar juda aniq edi, ammo bu yerda menda hali ham ikkilanish bor.
JCH-2022'dan keyingi yanvar bizga qimmatga tushdi. Biroq, hozir hammasi yaxshi. O'ylashimcha, “Real” mavsumni yaxshi yakunlaydi.
Bahslarga yaxshi tayyorgarlik ko'rish – ustuvor vazifamiz. Faqat shu orqali mavsumni ko'ngildagidek yakunlay olamiz. Bu uchrashuvni esa faxr bilan o'tkazdim”, deydi “Real” ustozi.




