Ana xolos! "Tottenxem" "Chelsi" darvozabonini xarid qilishi mumkin

Sherzod Nurmatov
20 may 2023, 13:21
"Tottenxem" yangi darvozabon qidirish bilan band.

Ma'lumotlarga qaraganda, "Shporlar" "Chelsi"dan Eduar Mendini sotib olmoqchi. "Tottenxem" senegallik futbolchini Ugo Lorisga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Mendi shu paytgacha "Chelsi" safida 105 ta o'yinda maydonga tushib, 49 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. 

Transfermarkt portaliga ko'ra, darvozabonning narxi 18 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com