Ana xolos! "Lester" avgust oyida sotib olgan futbolchini bugun ro'yxatdan o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2018, 17:31
"Lester" klubi portugaliyaik Adrien Silvani nihoyat o'z futbolchisi sifatida tanishtirdi.

Futbolchi avgust oyida, transfer oynasining so'nggi kunida "Sporting"dan Angliya klubiga ko'chib o'tgandi. Ammo uning hujjatlari FIFAga ro'yxatdan o'tkazish vaqti yopilgach 14 soniya o'tgach yetib borgan. Shu bois "Lester" futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olmayotgan edi.

Adrien Silva bugun rasman "tulkilar" a'zosiga aylandi. Biroq u bugungi "Xaddersfild"ga qarshi o'yinda yangi jamoasiga yordam bera olmaydi. Sababi hech bir futbolchi ro'yxatdan o'tgan kuni yangi klubi safida maydonga tusha olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com