Ana xolos! LaLiga klubining bir yo'la 15 a'zosi koronavirusga chalindi

Mirjalol Normatov
18 mar 2020, 19:57
"Alaves" matbuot xizmati rasmiy saytida klubning 15 nafar a'zolari koronavirusga chalinganini ma'lum qildi.

Ulardan 3 nafari asosiy tarkib futbolchilari bo'lsa, 7 kishi murabbiylar shtabidan va 5 kishi klub ishchilarini tashkil qildi.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, butun dunyoda koronavirusdan vafot etganlar 8200 nafardan oshib ketgan. Ispaniyada esa  13910 inson kasallikdan zararlangan. Ayni damda Eron (17361), Italiya (31506) va Xitoy (80894) davlatlari koronavirusni yuqtirganlar soni bo'yicha yuqori o'rinda turibdi.

Kecha ushbu pandemiya sababli Evro-2020 va Kopa Amerika kelasi yilga ko'chirilgani rasman e'lon qilindi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal