

AS xabariga ko'ra, 36 yoshli fransiyalik forvard so'nggi ikki mashg'ulot davomida jamoa bilan birga bo'lmagan. Voqealarning bunday burilish sabablari noma'lumligicha qolmoqda. Qolaversa, Lionlik yigit o'z jamoasi joylashgan Jidda shahrini butunlay tark etgani aytilmoqda.
"Oltin to'p" sohibi bo'lgan hujumchi "Al Faysali"ga qarshi o'tkaziladigan bahsda jamoasiga yordam bermaydi.
Qayd etilishicha, Benzema klub rahbariyati bilan nizoga borgan. So'nggi paytlarda Karim o'yinining sifati tufayli bir necha bor tanqid qilingan edi.
Avvalroq "Al Ittihod" qur'a natijalariga OCHL nimchorak finalida "Navbahor"ga raqib bo'lishi ma'lum bo'lgan edi. Mazkur uchrashuv 12 fevral kuni Namanganda o'tkaziladi.



