Amorim MYU bazasini ko'zdan kechirdi, ammo u hali ish vizasini olgani yo'q

Aslanov Jasurbek
12 noya 2024, 00:54
Ruben Amorim "Manchester Yunayted" bazasiga tashrif buyurdi.

Dushanba kuni MYU yangi ustozi klubning Kerringtondagi mashg'lot bazasini ko'zdan kechirdi va rahbariyat a'zolari - Umar Berrada, Den Eshuort va Jeyson Uilkokslar bilan uchrashdi.

MYU matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Amorim Angliyada ishlash uchun viza olganidan so'ng klubdagi faoliyatini boshlaydi. Portugaliyalik mutaxassis ungacha murabbiylar shtabi bilan uchrashuv o'tkazadi.

Amorimning "Manchester Yunated"dagi birinchi o'yini 24 noyabr kuni "Ipsvich"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: manutd.com