Amorim: "Mourinyu – portugaliyalik eng yaxshi murabbiy"

Sherzod Nurmatov
23 sen 2025, 20:00
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Joze Mourinyuning "Benfika" bosh murabbiyi etib tayinlanganiga munosabat bildirdi.

"U portugaliyalik eng yaxshi murabbiy va bu o'zgarmaydi. U har doim nafaqat bizning futbolimizda, balki dunyoda ham o'zgacha inson bo'lgan va biz uchun barcha eshiklarni ochgan. Agar Joze Mourinyu bo'lmaganida, men bu yerda bo'lmagan bo'lardim. O'ylaymanki, u Portugaliyada maza qilib ishlaydi va rohat oladi. Biroq mening e'tiborim "Manchester Yunayted"dagi faoliyatimga qaratilgan va bu mening yagona klubim bo'ladi", – dedi Amorim.

Mourinyu Portugaliyaga qaytishdan oldin Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasini boshqargan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: A Bola