

So'nggi bir necha yil davomida Rossiyada yashab, "Amkal" jamoasida o'ynadi. Ammo qiyin vaziyat tufayli yaqinda O'zbekistonga qaytdi. Saytimiz xodimi Nikolay Egorichev u bilan suhbat qurdi.
- Keling, "Amkal" haqida gaplashamiz. Siz kabi jamoa futbolchilaridan qaysi biri Moskvani tark etdi?
- Nomlarni ochiq ayta olmayman, bu noto'g'ri bo'ladi. Hamma ham Rossiyani tark etganini aytishni xohlamadi. Men esa buni oshkor qilgan kam sonli shaxslardan biriman. Ammo ketganlarning bazilari allaqachon qaytishganidan xabarim bor. Ular hozirda Moskvada. Nima bo'lganda ham Medialigadagi o'yinlar kim yetishmayotganini ko'rsatadi deb o'ylayman. Media-futbolni kuzatuvchilar allaqachon payqashgan. Ketganimni aytsam-da, o'yinlarda ko'rinmasam ham, bazilar haligacha so'rashadi, qayerda ekanligim bilan qiziqishadi.
Tez orada intevryuni video talqinda ko'rishingiz va to'liq yozma shaklda o'qishingiz mumkin bo'ladi.



