"Amerika" KONKAKAF Chempionlar ligasi g'olibi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
30 apr 2015, 11:41
Meksikaning "Amerika" klubi KONKAKAF Chempionlar ligasi finali javob uchrashuvida "Monreal Impakt"ni mag'lub etdi (4:2).

Birinchi o'yin 1:1 hisobida yakunlangan edi.

Klub o'z tarixida ettinchi marotaba Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi. Ularning bu turnirdagi so'nggi g'alabasi 2006 yilda bo'lgan.

Shunay qilib "Amerika" 2015 yil 10dan 20 dekabrgacha Yaponiyada bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com