Alves "Barselona" tibbiy ko'rigidan muvaffaqiyatli o'tdi. U qachon tanishtirilishi ham ma'lum

Alisher
15 noya 2021, 16:28
Himoyachi Dani Alves "Barselona"ga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

38 yoshli braziliyalik futbolchi "Barselona"ga qaytganidan so'ng ilk mashg'ulotini 15 noyabr kuni o'tkazadi.

Himoyachining taqdimoti 17 noyabr kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.

"Ko'k-anorranglilar" 12 noyabr kuni Alves bilan shartnoma imzolanishini e'lon qildi. Eslatib o'tamiz, u 2008-2016 yillar davomida "Barselona"da o'ynagan va 23ta sovrin yutgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com