Alvaro Rodriges – XXI asrda Madrid derbisida gol urgan eng yosh futbolchi

Eldor Akmurzayev
26 fev 2023, 08:35
Ispaniya chempionati 23-turida “Real” o'z maydonida “Atletiko” bilan durang (1:1) o'ynadi.

Aniqrog'i, zaxiradan o'yinga qo'shilgan hujumchi Alfaro Rodriges gol urib, “qaymoqranglilar”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu orqali urugvaylik 21 asrda Madrid derbilarida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi – 18 yosh-u, 226 kunlik. Bu borada avvalgi rekord 2007 yil Gonsalo Iguain (19 yosh-u, 76 kunlik) tomonidan qayd etilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta