Allofs: "De Bryuyne? "Volfsburg"ga pul kerak"

Aslanov Jasurbek
27 avg 2015, 17:43
"Volfsburg" sport direktori Klaus Allofs Kevin De Bryuynening "Manchester Siti"ga o'tishi borasidagi ma'lumotga izoh berdi.

Oldinroq belgiyalik futbolchi 80 mln. evro evaziga ingliz klubi safini to'ldirishi ma'lum qilingan edi.

"Odamlar "Volfsburg"ga pul kerak emas deb o'ylaydi. Ammo haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Biz uchun rentabellik katta ahamiyatga ega. Yevropaning boshqa grandlariga qaraganda moliyaviy imkoniyatlarimiz cheklangan. Bundan tashqari, biz moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qilamiz" - deydi Allofs.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com