Allegri Ronalduning o'yinlaridan mamnun

Mirjalol Normatov
2 sen 2018, 10:10
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri uch o'yindan buyon A Seriyada gol kirita olmagan hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"A Seriya hujumchisi har doim qiyinchiliklarga duch kelgan. Biroq Ronaldu "Parma"ga qarshi yaxshi o'yin namoyish qildi. Uning o'yinlaridan ko'nglim to'lmoqda. Terma jamoalarning o'yinlari sababli yuzaga keladigan tanaffusda u yanada qattiqroq ishlaydi", - dedi Allegri.

Ronaldu Portugaliya termasining navbatdagi o'yinlariga chaqirilmagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia