Allegri Ronaldu haqida: "Hayot davom etadi. "Yuve"da sovrinlarni jamoa yutadi, bitta futbolchi emas"

Omonjon To`xtamirzayev
10 sen 2021, 18:37
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri forvard Krishtianu Ronalduning jamoadan ketishi borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ronaldu ortiq "Yuventus" safida to'p tepishni istamadi, shu sabab "Manchester Yunayted"ga qaytdi. Bu mavsum Ronaldu uchun "Yuventus"dagi so'nggisi bo'lardi, shu sababli biz bo'ladigan ishning ertaroq bo'lgani yaxshi, deb hisobladik. 

Krishtianu "Yuventus"da ajoyib uch mavsumni o'tkazdi va biz unga omad tilaymiz, lekin hayot bu bilan to'xtab qolmaydi. Men nima bo'lishi mumkin edi, degan savolni yoqtirmayman. Buning uchun ishlashda davom etish lozim. "Yuventus"da sovrinlarni butun jamoa qo'lga kiritadi, bitta futbolchi emas.

Sovrinlar uchun kurasha olish va maqsadlarimizga yetish uchun bizga yangi maqsadlar va ishtiyoq zarur", – deydi italiyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia