Allegri: "Pogba va Morata "Yuventus"da qolishiga umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
30 may 2016, 12:12
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri klubni ko'plab muhim futbolchilar tark etishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Buffon "Yuventus"da qoladi, Pogba ham biz bilan deb umid qilaman. Morata? Uning o'rnida "keksa sinora"ni tark etmagan bo'lardim. Hozir u Ispaniya terma jamoasi bilan band va u milliy jamoadan Turinga keladi deb umid qilaman.

Mavsumni juda ajoyib o'tkazdik, futbolchilar o'zini juda yaxshi ko'rsatishdi. Jamoada ko'plab o'zgarishlar bo'ldi. "Yuventus" doimo g'alaba qozonishi kerak", - deydi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia