Allegri: "Morataning golidan so'ng Buffonga "Yuventus" g'alaba qozona olish haqida aytgan edim"

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2015, 11:41
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasi finali haqida fikr bildirdi.

"Morataning golidan so'ng Buffonga biz g'alaba qozona olishimiz haqida aytdim. Usha paytda ustunlik biz tomonda edi, ammo hujumda o'ynasang "Barselona"ning kuchli uchligidan birini qo'yib yuborishing mumkin edi. Afsuski bu sodir bo'ldi.

Nima yetishmadi? Ikkinchi gol. Bugun "Yuventus" "Barselona"ni trebldan mahrum qilishi mumkin edi, lekin raqib bunga yo'l qo'ymadi. "Barselona" juda kuchli jamoa, g'alaba qozonganimizda ham o'z fikrimni o'zgartirmagan bo'lar edim.

Final taqdirini detallar hal qiladi. Jorjio Kellinining yo'qligi, ushbu detallardan biri. U jamoaga qanchalik muhimligini barcha biladi. Ammo biz u bilan g'alaba qozona olardik deya olmayman. Maydonda to'p tepgan yigitlardan minnatdorman" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com