Allegri "Milan" Adrien Rabo bilan shartnoma imzolashini xohlaydi

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2025, 11:41
Mutaxassis Massimiliano Allegri "Milan" Adrien Raboni imzolashini xohlayapti.

"Rossonerilar"ning yangi murabbiyi "Marsel" yarim himoyachisini bilan "Yuventus"da birga ishlagan.

Jurnalist Janluka Di Marcio xabariga ko'ra, agar yarim himoyachiga jozibador taklif kelib tushsa, Rabo "Marsel" bilan ketish to'g'risida og'zaki kelishuvga ega. Ammo hozircha 30 yoshli francuz "Marsel"ni tark etish niyatini bildirmagan, klub esa uni yangi mavsum oldidan jamoa yetakchilaridan biri sifatida ko'rmoqda.

O'tgan Liga 1 mavsumida Rabo 29 o'yinda 9 gol urib, 4 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com