Allegri: "Maqsadimiz – A Seriyada kuchli to'rtlikka kirish"

Sherzod Nurmatov
4 yanv 2023, 12:40
"Byankoneri" 2 ta musobaqada g'alaba qozonish niyatida.

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoaning mavsum ikkinchi qismidagi maqsadini aytdi.

"Bizning maqsadimiz – A Seriyada kuchli to'rtlikka kirish, shuningdek, Yevropa Ligasi va Italiya Kubogi finallarida o'ynash. Ayni damda "Napoli" skudetto uchun kurashda yaqqol favorit", – dedi mutaxassis.

Avvalroq Allegri Pogbaning qachon qaytishini ma'lum qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Pazzi di Fanta