Allegri "Inter" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
2 mar 2019, 17:43
"Inter" rahbariyati yozda jamoa bosh murabbiyini o'zgartirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Milan jamoasi bosh direktori Juzeppe Marotta "Chelsi" va "Yuventus" sobiq ustozi Antoni Konte va turnirliklarni boshqarayotgan Massimiliano Allegrini nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda. Eslatib o'tamiz, ayni damda "Inter" bosh murabbiyi Luchano Spalletti va uning shartnomasi 2020/21 mavsum oxirida yakuniga etadi.

Oldinroq, Allegri xizmatlariga "Manchester Yunayted" va "Real" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport