Allegri ham Saudiya Arabistoniga yo'l oladimi? Agenti javob berdi

Mirjalol Normatov
11 iyun 2023, 17:50
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining agenti Jovanni Brankini mijoziga Saudiya Arabistonidan qiziqishlar bo'layotgani borasidagi mish-mishlarga javob berdi.

"Allegri "Yuventus" loyihasidagi ishtirokini davom ettiradi deb o'ylayman. Bu juda og'ir loyiha, biroq u bundan ketishni istamayapti. U va klub buni to'g'ri tushunmoqda", - dedi Brankini "Sky Sport Italia" nashriga.

Oldinroq murabbiyga Saudiya Arabistonidan takliflar borligi aytilgandi. Biroq klubning nomi hozircha ochiqlanmagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia