Allegri "Arsenal"ni boshqarishga rozi bo'ldi va Venger qarorini kutmoqda

Aslanov Jasurbek
5 mar 2017, 14:47
"Arsenal"ni kelasi mavsumda italiyalik mutaxassis Massimiliano Allegri boshqarishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "to'pchilar" rahbariyati "Yuventus" ustozi bilan muzokaralar o'tkazib, u bilan kelishuvga erishdi. Agar Arsen Venger jamoa bilan shartnomani uzaytirmasa, Allegri London klubi bosh murabbiyiga aylanadi.

"Arsenal" rahbariyati ham 67 yoshli fransiyalik mutaxassisning kelajakdagi rejalari bilan qiziqmoqda.

Allegri "Arsenal"da ko'rishni istaydigan futbolchilar ro'yxatini tuzib chiqishga ham ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Express