Alkaser: "Barselona"ning muvaffaqiyatlari gollarimdan muhimroq"

Aslanov Jasurbek
5 noya 2017
"Barselona" hujumchisi Pako Alkaser "Sevilya"ga qarshi LaLiganing 11-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

24 yoshli futbolchi dubl qayd etdi.

"Murabbiy bergan imkoniyatlardan maksimum darajada foydalanish kerak. Ikkita gol urganimdan xursandman, ammo asosiysi - bu natija. Jamoaning muvaffaqiyatlari gollarimdan muhimroq, biz oxirigacha kurashamiz. Qiyin kechadigan uchrashuvlar jamoaning holatiga ijobiy ta’sir ko'rsatmoqda. Hozir yaxshi o'ynayapmiz va mavsum boshidanoq ahil edik" - deydi Alkaser.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca