

Bu braziliyalik uchun joriy mavsum Angliya chempionatidagi 19-"quruq" bahs bo'ldi. Shunday qilib, Alisson so'nggi 10 yil ichida Premer-liganing 19ta o'yinida darvozasidan gol o'tkazmagan birinchi posbon bo'ldi.
So'nggi marta 2008-2009 mavsumda Edvin van der Sar 19ta va undan ko'proq o'yinda darvozasini "quruq" saqlashga muvaffaq bo'lgan edi.
Alisson 2018 yilning yozida "Roma"dan "Liverpul"ga o'tgan edi.



