

Alisson joriy mavsum APLda 20 ta o'yindan o'z darvozasidan gol olib chiqmadi. Shu tariqa Alisson bunday natijaga erishgan APL tarixidagi beshinchi darvozabon bo'ldi. Undan oldin Petr Chex - 24 ta, Edvin van der Sar - 21 ta, Peter Shmeyxel - 20 ta, Pep Reyna - 20 ta o'yinda o'z darvozasini saqlab qolishga erishgandi.



