Alison: "Ederson va Firmino Angliyaga o'tishni maslahat berishdi"

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2018, 07:48
Braziliyalik darvozabon Alison Beker "Roma"dan "Liverpul"ga o'tishi haqida gapirib berdi.

Bekerning so'zlariga ko'ra, "Manchester Siti" posboni Ederson unga Angliyaga o'tishni maslahat bergan.

"Ha, Ederson bilan suhbatlashdim. Angliyada o'ynaydigan ko'plab braziliyaliklar bilan gaplashdim. APL o'yinlarini televizorda ko'rish bilan unda har kuni ishtirok etishning farqi bor.

Ijobiy fikrlarni eshitdim. Bu dunyoning yetakchi ligasi, APLda raqobat kuchli.

Roberto Firmino "Liverpul" haqida ko'plab yaxshi narsalarni aytib berdi. Muzokaralar boshlanganda biz klub va shaharni muhokama qildik. Firmino Liverpulda o'zini uydagidek his qiladi. U menga "Liverpul"ga o'tsam, baxtli insonga aylanishimni aytdi" - deydi Alison.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror