

Shahrisabzlik himoyachi Oliy liganing 1-turidan o'rin olgan “Paxtakor”-“Qizilqum” uchrashuvida jiddiy jarohat olib, maydonni tark etgandi. Ancha payt muolajani davom ettirgan futbolchi, ikki oy ilgari jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'lgandi.
Futbolchi ushbu haftada indvidual tarzda mashg'ulotlarga kirishdi. Uning aytishicha, u to'liq safga qaytishi uchun yana kamida ikki oy vaqt talab etiladi.
"Qizilqum" matbuot xizmati.



