Alisher Uzoqov Zo'rTV telekanalida "Evro"ni sharhlab boradi

Administrator
5 iyun 2024, 21:17
Zo'rTV telekanali Germaniyada o'tkaziladigan Yevropa chempionati translyatsiya huquqini qo'lga kiritganidan xabaringiz bor.

Taniqli sharhlovchilar Xayrulla Hamidov va Davron Fayziev bu turnirni sharhlab borishi ham ma'lum qilingandi.

Bugun Zo'rTV telekanali o'zining telegramdagi kanalida Alisher Uzoqov uchinchi sharhlovchi sifatida Evro-2024ni sharhlab borishini e'lon qildi. Shunday qilib, Alisher Uzoqov uzoq muddatli tanaffusdan so'ng sharhlovchilikka qaytadi.

Ma'lumot uchun, Yevropa chempionati 14 iyundan 14 iyulga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Хайрулла Ҳамидов