"Alisher Uzoqov muxlislar tanqidini ko'tara olmadi"

Narzulla Saydullayev
12 fev 2024
Jurnalist va sharhlovchi Hasan Turdialiev Zoir Tursunboevga bergan intervyusida aktyor va sobiq futbol sharhlovchisi Alisher Uzoqov faoliyatiga ham baho berdi.

Uning aytishicha, rus sharhlovchilari orasida juda ko'pchilik aktyorlikni bitirib chiqqan.

"Alisher Uzoqov muxlislar tanqidini ko'tara olmadi. Ular izohlarni ko'p o'qirkan va ruhiyatlariga ta’sir qilarkan. Mening ruhiyatimga ham ta’sir qilgan. "Sinib qoladigan" darajaga etgan, shaxsiyatga o'tib ketilardi. Hozir bo'lsa ham, ruhan cho'kmayman. Xato qilsam va bu uchun so'kish eshitsam normal qabul qilaman.

Alisher Uzoqovga vaqt berilganda balki bundan ham zo'r sharhlardilar. Chunki futbolni ichidan bilardilar. Kerak bo'lsa ayrim sharhlovchilardan yaxshi bilardilar. Ular "Arsenal" muxlisi bo'lganlariga ham "bagaj" bor edi. Kishida ovoz yaxshi bo'lishi mumkin, lekin "bagaj" yaxshi bo'lmasa qiynalasiz. Shu bois ham katta tajriba kerak. Men aktyor odam sharhlovchi bo'lishiga normal qarayman. O'zi sharhlovchilik maktabi yo'q. O'qituvchi ham sharhlovchi bo'lishi mumkin.

Alisher Uzoqovni 5 ballik tizimda 4 yoki -4 ballik darajada sharhlaganlar", – deydi Hasan Turdialiev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia