Alisher Nikimbaev: "APLda bir jamoa boshqa klubdan bir yo'la 5 futbolchini ijaraga ololmaydi"

Narzulla Saydullayev
23 apr 2018, 10:14
O'zbekistonlik taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev ijaraga olingan futbolchilar borasida fikr bildirdi.

"Zenit", Shatov va Dzyuba atrofidagi vaziyat alohida muhokamaga loyiq. Klub o'z futbolchilarini ijaraga berdi. Ijaraga olgan klublar "Zenit"ga qarshi ushbu futbolchilarning o'ynashlari uchun pul to'ladi. Shatov ham, Dzyuba ham "Zenit"ga qarshi maydonga tushib ajoyib o'ynashdi. Yakunda "Zenit" pul oldi ammo YCHLsiz qolishi deyarli aniq bo'ldi. Bu esa juda katta pul yo'qotilganini anglatadi.

Angliya premer-ligasida vaziyat qanday? U yerda ijaraga olingan futbolchi o'z klubiga qarshi o'ynamaydi. Pul to'lasang ham, to'lamasang ham. O'ynamaydi tamom.

APLda bir jamoa boshqa klubdan bir yo'la 5 futbolchini ijaraga olib bo'lmaydi. U yerda klublarga mavsum davomida maksimum 4 futbolchini ijaraga olish ruxsat beriladi.

U yerda bir klubdan bir nafardan ortiq futbolchini ijaraga olish mumkin emas. Agar ko'p futbolchini ijaraga olsangiz, klub rivoji haqida qanday gap bo'lishi mumkin?
Agar bir klubdan ko'plab futbolchini ijaraga olsangiz, o'sha klub bilan o'yinlarda jamoaingizni kuchsizlantirib qo'yasiz", - deb yozadi Nikimbaev tvittyerdagi o'z sahifasida


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia