Alisher Jalilov: "Osiyo kubogidan oldin bizga hech kim ishonmagandi. Biz barchasini isbotladik"

Administrator
3 fev 2024, 13:32
Osiyo kubogi chorak final bosqichidan o'rin olgan Tojikiston va Iordaniya (0:1) termalari o'rtasidagi o'yindan so'ng tojikistonlik safida harakat Alisher Jalilov musobaqa haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Alisher, o'yindan keyingi fikrlaringiz qanday? Iordaniyaga qarshi bahsda Tojikiston termasiga nima bo'ldi? Jamoa o'ziga o'xshamadi...

- Bugun nima bo'lganini tushuna olmadim. Bu charchoqdanmi yoki boshqa sabab, bilmadim Hech nima deya olmayman.  Bu o'yinda bitta gol urgan jamoa g'alaba qozonardi.

- Tojikiston terma jamoasi bu Osiyo kubogida ajoyib natija qayd etgan bo'lsa ham futbolchilarning mag'lubiyatdan keyin kayfiyatlari juda tushib ketgani ko'rindi. Bu jamoa finalga chiqishni qanchalik istaganini ko'rsatadimi?

- Albatta, biz g'alaba qozonmoqchi edik. Lekin bugun hech narsa o'xshamadi. Nima bo'lganini o'zimiz ham tushuna olmadik.

- Butun musobaqani olib qarasak, bu Tojikiston uchun ajoyib turnir bo'ldi. Musobaqadagi ishtirokingizdan qoniqdingizmi?

- Albatta. Chorak finalga chiqdik. Osiyo kubogidan oldin bizga hech kim ishonmagandi. Tojikiston guruhdan ham chiqa olmaydi deb o'ylashgandi. Biz barchasini isbotladik va chorak finalga chiqdik. Bu Tojikiston uchun katta yutuq. 

- Osiyo kubogida to'plangan tajriba keyingi faoliyatingizda sizga qanday yordam berishi mumkin?

- Men va terma jamoa uchun Osiyo kubogidagi ishtirok katta tajriba berdi. O'yinlarimizga qancha muxlislar kelganini ko'rdingiz. Biz o'zimizni munosib tutdik deb o'ylayman. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia