Yanvarning boshida Shuhrat Maqsudov jamoasi xorijiy yig'inni o'tkazish uchun BAAga uchib ketadi. Ushbu yig'inga himoyachi Sherzod Fayziev bilan hujumchi Navro'z Alimov chaqiruv olishmagan. Katta ehtimol bilan bu futbolchilar Ummondagi U-22 Osiyo chempionatiga borishmaydi.
Jamoa ustozi Shuxrat Maqsudovning "CA"ga bergan xabariga ko'ra olimpiya terma jamoasi futbolchilari 3 yanvar kuni tibbiy ko'rikdan o'tishadi. 5 yanvar kuni esa delegaciya BAAga yo'l oladi.
Ummonda bo'lib o'tadigan 2014 yilgi U-22 Osiyo chempionati bahslarida O'zbekiston terma jamoasi D guruhida Iroq, Saudiya Arabistoni va Xitoy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. 11-26 yanvar kunlari bo'lib o'tadigan musobaqadagi ilk o'yinni Shuhrat Maqsudov shogirdlari 12 yanvar kuni Xitoyga qarshi o'tkazadi.