

"Maqsadimiz g'alaba edi, kamida durangga erishishni istagandik. Lekin hakamning qarorlari bizga yomon ta’sir qildi. Keyingi o'yinda "Qo'qon-1912"ga qarshi harakat qilamiz. Ushbu bahsda g'alaba qozonishimiz shart. Keyin kubokda ham qo'qonliklar bilan o'ynaymiz. Birinchi o'yinda yutqazib qo'ygandik. Javob uchrashuvida g'alaba qozonib keyingi bosqichga chiqishni istaymiz.
"Paxtakor"ga qarshi o'yinda "Navbahor" safidagi debyutimni o'tkazdim. Afsuski birinchi o'yinim men uchun yomon tugadi", - deydi Turobov.
"Navbahor" matbuot xizmati

