Alfonso Devis jarohati sabab 2 oy maydonga tusha olmaydi

Alisher
25 okt 2020, 11:23
Kecha Germaniya Chempionati 5-tur doirasida "Bavariya" "Ayntraxt" (5:0)ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi.

Alfonso Devis ushbu o'yinda o'ng to'pig'idan jarohat oldi. Uning tiklanish muddati 6dan 8 haftaga qadar vaqtni oladi.

Shunday ekan o'yinchi ushbu kalendar yilida maydonga tushmasligi mumkin.

45 million evro baholanadigan Devis o'tgan mavsum "Bavariya" tarkibida 46ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 10ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: CBC.ca