Alexandro Gomes: "Ko'chada hech kim yo'q!"

Mirjalol Normatov
14 mar 2020, 01:00
"Atalanta" futbolchisi Alexandro Gomes Bergamodagi holat haqida gapirdi.

"Odamlar o'zlarini biroz yig'ib olishlari kerak. Ko'chada faqatgina supermarket ishlamoqda. Biroq ularga interner orqali buyurtma berishingiz mumkin. Ular tovarni uyingizga olib kelib berishadi.

Ko'chada hech kim yo'q, qo'rqinchli kinoga o'xshaydi. Oshirib yuborayotganim yo'q. Biz Argentinadagi ma'lumotlarni har daqiqada olib turibmiz. Odamlar extiyot choralarini boshqatdan ko'rishsa, yaxshiroq bo'lardi. Bergamoda holat og'ir.

Bu yerda 400 kishi virusni yuqtirib olgan. Muxlislarimizning muhabbatini bilamiz, biroq ular o'zlarini o'ylashi va tinchgina uyda o'tirishlarini so'ragan bo'lardim", - dedi Gomes.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal