Aleksey Evstafeev shogirdlari Hindiston, Qatar, Turkmaniston va Nepal yoshlariga qarshi o'ynashadi.
Axborot hamkorimiz "Futbol Ekspress" gazetasi muxbiri Evstafeevdan tayyorgarliklar borasida intervyu oldi.
- Osiyo chempionati saralash bahslari boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. Terma jamoaning tayyorgarligi qanday ketmoqda?
- Tayyorgarlikni reja bo'yicha olib borayapmiz. Avgustda Dukentda yig'in tashkil etdik. Sentyabr oyida Yaponiya yoshlar terma jamoasi Toshkentga keladi. Ularga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Saralashda ishtirok etadigan tarkibni deyarli aniqlab oldik. Yaponiyaga qarshi o'yinlar orqali yigitlarning imkoniyatlarini yana bir bor tekshirib olamiz.
- Guruhdagi raqiblarni o'rganish jarayoni qanday ketayapti?
- Qatardan tashqari guruhdagi boshqa raqiblarimiz to'g'risida hech nima bilmaymiz. Yodingizda bo'lsa, bahorda Qatarda tashkil etilgan musobaqada ishtirok etib musobaqa mezbonlari bilan kuch sinashgandik. Shu bois Qatarning qanday o'ynashini bilamiz.