Aleksandr Xomyakov: “Ko'proq gol urishimiz ham mumkin edi”

3 okt 2013, 20:16
“Mashal” - “Chust-Paxtakor” bahsi yakuniga etgach, muborakliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'yin borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin har tomonlama bizning ustunligimiz ostida kechdi. Agar vaziyatlardan foydalanganimizda beshtadan ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Bu turda “Qo'qon-1912” ham g'alaba qozondi, yo'qsa, muddatidan oldin oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan bo'lardik. Endi keyingi turda g'alaba qozonsak, muddatdan avval oliy ligaga chiqamiz.

- Bu siz uchun qanchalik muhim?

- Albatta, men uchun ham, jamoa uchun ham vazifani oldinroq bajarish juda muhim. Qolaversa, futbolchilarning ham kayfiyati ko'tariladi.

- Dilyaver Vaniev kam o'yin amaliyotiga ega bo'moqda.

- U 38ga kirdi va o'ziga qolsa yana bir yil futbol o'ynamoqchi. Ammo oliy ligada to'p surish oson emasligini unutmaylik. Shu bois Vaniev keyingi yil ham to'p tepish-tepmasligini vaqt ko'rsatadi.

 Xayrulla Xoliqov yozib oldi.

Manba: championat.asia