Aleksandr Xomyakov: "Biz g'alaba qozonishda davom etamiz"

Narzulla Saydullayev
25 may 2018
PRO-Liganing 11-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Sho'rtan" (3:0) o'yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida “gazchilar” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z fikirlarini bildirdi

"Biz bugun tezkor gol kiritishga erishdik. Aytishim mumkinki bu bahs bizning nazoratimiz ostida o'tmadi. Bugun biz barcha imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda esa asabiylashdik va buning ortidan jazolandik ham. Natijada bir kishi kam bo'lib qoldik. Shogirdlarim qolgan daqiqalarda yanada mas'uliyat bilan o'ynay boshlashdi va qarshi hujumda raqibni ikki bor jazolashdi. Yakunda biz yirik hisobda g'alaba qozondik", - deydi Xomyakov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz