Albert Selades: “Iste'foga chiqishdan qo'rqmayman”

“Valensiya” ustozi La Liga 32-turidan o'rin olgan “Vilyarreal”ga qarshi bahsdan so'ng (0:2) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Juda yomon o'yin o'tkazdik. Raqib bizdan ancha yaxshi harakat qildi. Aniq zarbalarsiz ikkinchi o'yin? Bu biz uchun juda yomon fakt. Raqibni mag'lub etish uchun juda ham kam harakat qildik. Iste'fo? Ishdan bo'shatishlaridan qo'rqmayman. Men vaziyatni to'g'irlay olishim mumkinligini sezyapman”, - deydi Selades


Manba: AS.com