Alba "Chelsi" yoki "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
11 apr 2017, 11:10
"Barselona" himoyachisi Xordi Alba joriy mavsum oxirida klubini o'zgartirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Alba "Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregas va hujumchi Pedro Rodrigesdan ingliz jamoasi haqida so'ragan. Futbolchi ispan grandida avvalidek ishonchga ega bo'lmayotganini his qilmoqda. Albaning Kataloniya klubidagi taqidiri jamoaning yangi murabbiyiga bog'liq.

Alba joriy mavsum LaLiganing 20 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 1 ta gol urib, 4 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS