

"Bu "Barselona" va butun kataloniyaliklar uchun qayg'uli lahzadir. Afsuski, Jerar ketmoqda, u klub uchun ko'p narsa qilgandi. U notanish insonlar bilan sovuqqon, ammo yaqinlari bilan juda samimiy. Men ham u yig'laydi deb o'ylagandim.
Bizlardan Pike bilan eng yaqin bo'lganlar uning qarorini bilar edik, ammo buni qachon e'lon qilishi qorong'u edi. Pike "Barsa" uchun, "Barsa" esa unga ko'p narsa berdi. Uni sog'inamiz. Endi sovrinlar yutish uchun qo'ldan kelgan barchasini qilamiz. Ularni Pikega bag'ishlashni xohlaymiz", - dedi Alba.



