Alavesga qarshi o'yinda Realning bir yo'la ikki futbolchisi jarohat oldi

Narzulla Saydullayev
7 okt 2018, 09:35
Real futbolchilari Garet Beyl va Karim Benzema Ispaniya chempionati 8-turida Alavesga qarshi o'yinda (0:1) jarohat olishdi.

Benzemani tanaffusdan keyin almashtirishdi. Uning o'ng oyog'ida muammo bor. Dushanba kuni u tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Beyl esa 80-daqiqada almashtirildi. Uning o'zi murabbiydan o'zgartirishlarini so'radi.

Oldinroq uelslik futbolchi Atletikoga qarshi o'yinda jarohat olib SSKA bilan bahsni o'tkazib yuborgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com